Yurtimizda sportning badiiy gimnastika turi keyingi yillarda rivojlanib bormokda. Buni gimnastikachilarimizning xalqaro arenalarda qo`lga kiritayotga yutuqlari ham isbotlab turibdi.
Shu yilning 21-23 mart kunlariRossiya poytaxti Moskva shahri mezbonlik qilgan " Nika-2019" hamda " Vesennie zvezdochki" musobaqalarida mamlakatimiz badiiy gimnastikachilari muvaffaqiyatli ishtirok etib 9 ta oltin, 5 kumush va 2 ta bronza medallarni qo`lga kiritishdi.
Sportchilarimizdan Osiyo Tojieva ikki bor shohsupaning birinchi o`riniga ko`tarilgan bo`lsa, Kamola Qobilbekova faxrli birinchi va ikkinchi o`rinlarni, Gulchehra Sobirova birinchi va uchinchi o`rin, Madina Abdullaeva ikkita ikkinchi o`rin, Robiya Ahmadxo`jaeva ikki marotaba birinchi o`rinni egallashdi. Xuddi shunday natijani Shohista Botirova ham takrorlagan bo`lsa, Benazir Baxtiyorova birinchi va uchinchi o`rinni, Samira Yuldasheva ikkita ikkinchi o`rin sohibi bo`ldi.
Yurtimiz sharafini xalkaro arenada munosib himoya qilgan jamoani mashg`ulotlarga tayyorlagan, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan sport ustasi Zarina Abdullaeva ham tashkilotchilar tomonidan takdirlandi.






