Tailand milliy saylov komissiyasi saylov o`tkazilayotgan paytda ovoz berish binolarida selfiga tushish, raqamlar yozilgan futbolkada saylov uchastkasiga kelishni taqiqladi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Yakshanba kuni Tailandda 2011 yildan beri ilk marotaba umumiy parlament saylovlari bo`lib o`tadi. Selfi va raqamli futbolka taqiqlangani haqida har bir uchastka saylov komissiyasi xodimi odamlarni ogohlantirishadi.
Saylov komissiyasining fikricha, nomzodning saylov raqami tushirilgan futbolkada selfi qilish va suratni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish targ`ibot vazifasini o`tar ekan.






