AsosiyDunyo

Hindistonda ayiq odamga hujum qildi

'Hindistonda ayiq odamga hujum qildi'ning rasmi

Hindistonning Andxra-Pradesh shtatida suv omboridan ayiqni haydamoqchi bo`lgan o`rmon nazoratchisiga ayiq hujum qildi, deb xabar berdi Lenta ru nashri.

Qirg`oqda turgan ayiqni mahalliy aholi va o`rmon nazoratchisi o`rmonga haydamoqchi bo`lishgan. Odamlardan cho`chigan ayiq o`zini suvga otgan. Odamlar uni o`rab olishganda, yirtqich o`rmon nazoratchisiga hujum qilgan.

Nazoratchining hamkasblari tosh otib, ayiqni chalg`itishga harakat qilishgan. Nazoratchining o`zi esa og`ir tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan.

    Boshqa yangiliklar