AsosiyDunyo

Qorniga egizagining embrioni joylashgan chaqaloq dunyoga keldi

'Qorniga egizagining embrioni joylashgan chaqaloq dunyoga keldi'ning rasmi

Kolumbiyalik shifokorlar qornida embrion bo`lgan chaqaloqni operasiya qilishdi, deb xabar berdi Lenta ru nashri.

Kolumbiyaning Barrankilya shahrida yashovchi 33 yoshli Monika Vega (Monica Vega) homiladorlikning to`qqizinchi oyida ko`rikdan o`tish uchun shifxonaga keldi. Tekshiruv jarayonida shifokorlar bolaning tanasida shubhali deformasiya borligini aniqlashdi. Ma`lum bo`lishicha, chaqaloqning qornida yana bir embrion bo`lgan.

22 fevral kuni ayol kesarcha kesish jarrohlik amaliyoti orqali Itzamara (Itzamara) ismli qizchani dunyoga keltirdi. Shifokorlar zudlik bilan chaqaloqni operasiya qilib, uning ichiga joylashib qolgan 45 millimetr, og`irligi 14 gramm bo`lgan egizagining embrionini olib tashlashdi. Embrionning qo`li va oyog`i rivojlanganiga qaramay, miyasi va yuragi bo`lmagan.

Shifokorlarning ta`kidlashicha, ular ilk marotaba bunday hodisaga duch kelishgan. Ilgarilari bolaning ahvoli tug`ilganidan keyin ma`lum bo`lgan bo`lsa, bu holatda shifokorlar undagi kamchilikni ona qornidayoq aniqlashgan.

Hozirda qizaloq o`zini yaxshi his qilmoqda, uning hayoti xavf ostida emas. Bunday kamyob anomaliya yarim million homilador ayoldan bittasida uchraydi. Egizaklardan birining tanasiga tasodifan joylashib qolgan embrion mustaqil ravishda rivojlana olmaydi.

    Boshqa yangiliklar