AQShning Kaliforniya shtatidagi San-Fransisko shahrida bo`lgan otishmada bir kishi halok bo`ldi, uch kishi jabrlandi, deb xabar berdi RIA novosti nashri.
Manbaning xabar berishicha, shanba kuni kechqurun noma`lum shaxs quroldan o`q uzgan. Oqibatda bir kishi halok bo`lib, uch kishi yaralangan. Yaralanganlardan birining ahvoli og`ir, deb baholanmoqda.
Hozircha hodisa yuzasidan boshqa ma`lumotlar yo`q.






