2019 yil 24 mart kuni soat 00-45 larda Samarqand shahri Shiroq ko`chasida yashovchi E.S. shahardagi Gagarin ko`chasida yashovchi turmush o`rtog`i M.A.ning xonadonida bo`lib, u bilan birga spirtli ichimlik iste`mol qilgan. Mastlik holatida ular o`rtasida o`zaro janjal kelib chiqqan. O`zAning yozishicha, E.S. oshxona pichog`ini olib, M.A.ning elka va qorin sohalariga urib, tan jarohati etkazgan va voqea joyidan yashiringan.
M.A. olgan tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko`ra, shu kuni shahar prokuraturasi tomonidan E.S.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






