O`zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi sel kelishi xavfi haqida ogohlantirdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2019 yilning 27-30 mart kunlari respublikaning tog` va tog`oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.
“Tog` va tog`oldi hududlarida yashovchi aholi diqqatiga! Ehtiyot choralarini ko`rishingizni, hamda avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda, FVVning 10-50 raqamiga murojaat etishingizni iltimos qilamiz”, - deyiladi axborotda.






