AsosiyJamiyat

Bosh vazir o`zi tahsil olgan maktabga kitoblar to`plamini sovg`a qildi

'Bosh vazir o`zi tahsil olgan maktabga kitoblar to`plamini sovg`a qildi 'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi o`zi tahsil olgan 9-maktabda bo`lib, maktab kutubxonasiga o`z shaxsiy kutubxonasidan kitoblar to`plamini sovg`a qildi.

O`tgan haftada Davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoev xayrli tashabbusni ilgari surib, Bosh vazirdan boshlab har bir rahbarni o`zi ta`lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg`a qilishga da`vat etgan edilar. Bu ezgu tashabbus o`sib kelayotgan yosh avlodning kitobga bo`lgan qiziqishini, mehrini va intilishini oshirish, kitobxonlikni ommaviylashtirish, ulug` bobolarimizga munosib avlodni voyaga etkazishda muhim hayotiy ahamiyatga egadir.

Zero, kitob insonni tarbiyalaydi, ulg`aytiradi, yuksak odob-axloqni, insoniy fazilatlarni shakllantiradi. Kitob o`qib voyaga etgan bola avvalo chuqur bilimga, keng dunyoqarashga, mustaqil fikrga, mustahkam hayotiy pozisiyaga ega bo`ladi.

Barchamiz Prezidentimizning ushbu tashabbusini qo`llab-quvvatlab, uni umumxalq harakatiga aylantirishda faol ishtirok etaylik!

#kitobchallenge #kitobhadya

    Boshqa yangiliklar