AsosiyJamiyat

Vagon o`rindiqlari ichidagi 180 million so`mlik tamakilar fosh qilindi

'Vagon o`rindiqlari ichidagi 180 million so`mlik tamakilar fosh qilindi'ning rasmi

Qoraqalpog`iston Respublikasi bojxona boshqarmasi tasarrufidagi chegara bojxona postlarida sifati kafolatlanmagan mahsulotlarning yashirin tarzda, noqonuniy olib kirilishiga qarshi samarali kurash olib borilmoqda. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, “Qoraqalpog`iston” temir yo`l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan yurtimizga kirib kelgan “Moskva-Toshkent” yo`lovchi poezdi bojxona ko`rigidan o`tkazilganida, fuqaro S.S. tomonidan vagon o`rindiqlari ichiga xufyona tarzda mohirlik bilan yashirilgan qiymati 180 million so`mdan ko`p bo`lgan 2930 quti tamaki mahsulotlari va 62 quti saqichlari borligi fosh qilindi.

Shuningdek, “Daut-ata” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan amalga oshirilgan bojxona nazorati davomida fuqarolar M.A. va I.M. lar tomonidan bojxona nazoratidan yashirincha yurtimizga olib kirmoqchi bo`lgan qiymati 13 million so`mga teng bo`lgan 145 dona parfyumeriya maxsulotlari borligi aniqlandi.

Yana bir holatda shu postning o`zida “Lada Largus” rusumli avtomobilda yurtimizga kirib kelgan fuqaro S.I. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tazildi. Natijada, uning avtomobilidan bojxona nazoratidan yashirilgan qiymati 14 million so`mlik 8 dona qo`l rasiyalari borligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.


    Boshqa yangiliklar