Bojxona xodimlari yurtimiz iqtisodiy xavfsizligini ta`minlash bilan birga madaniy boyliklarimizni xorijga noqonuniy olib chiqishga bo`lgan urinishlariga ham o`z vaqtida chek qo`yishmoqda.
Termiz aeroporti bojxonachilari “Termiz-Vnukovo” yo`nalishi bo`yicha uchib ketayotgan fuqaro E.M.ni “yashil” yo`lakdan harakatlanayotgan chog`ida belgilangan tartibda nazoratdan o`tkazishdi.
Natijada, uning qo`l yuklari orasida bojxona xodimining og`zaki so`rovida ma`lum qilinmagan, yigirmanchi asrning boshlarida yasalgan, sevgi maktublarini solib yurishga mo`ljallangan ayollar taqinchog`i borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.






