AsosiyJamiyat

Chirchiqda yong`in oqibatida 4 kishi halok bo`ldi

'Chirchiqda yong`in oqibatida 4 kishi halok bo`ldi 'ning rasmi

2019 yilning 27 mart kuni soat 00 dan 29 daqiqa o`tganda Toshkent viloyati IIB Yong`in xavfsizligi boshqarmasining Kuch va vositalarini boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Chirchiq shahri “Bobur” MFY Mashar ko`chasidagi 17-uyda yong`in sodir bo`layotganligi haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda "Xalq so`zi" nashri ma`lum qilmoqda.

Voqea joyiga zudlikda 6 ta yong`in o`chirish ekipajlari jalb etilgan. Yong`in o`chirish bo`linmalari soat 00 dan 39 daqiqa o`tganda ko`rsatilgan manzilga etib borgan vaqtida uy ochiq alanga bilan yonayotganligi ma`lum bo`lgan. Ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida yong`in soat 01 dan 20 daqiqa o`tganda qurshab olinib, soat 01 dan 58 daqiqa o`tganda bartaraf etilgan. Yong`in oqibatida 200 kv.metr maydonda 17-uyning tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan. Yong`in jarayonida shu uyda yashagan 8 nafar oila a`zolaridan 4 nafari ya`ni, 33 yoshlik fuqaro B.R, uning rafiqasi hamda ikki nafar 8 va 12 yoshdagi farzandlari vafot etgan. Yong`in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar