Shu yilning 1 aprel kuni poytaxtimizdagi "Turkiston" san`at saroyida “Rossiya gullari” XV Xalqaro madaniy festivali bo`lib o`tadi. Bu haqda Uz24 xabar berdi.
Turli madaniy-ma`rifiy tadbirlarni o`z ichiga olgan festivalda shahrimiz aholisi rus guruhlarining ijodiy yutuqlaridan yaqindan tanishish imkoniga ega bo`ladi.






