Buyuk Britaniyada Devid Rouz (David Rose) ismli kishi axlatxonadan Uinston Cherchillga tegishli buyumlarni topib oldi, deb xabar qildi Daily Mail nashri.
15 yildan beri chiqindilarni qayta ishlaydigan markaz xodimi Devid siyosatdonga tegishli silindr, portsigar va sigaralarni topib olgan. Qolaversa, buyumlar orasida Cherchillning oshpazi o`z o`g`liga yozgan 200 ta xatlar dastasi ham chiqdi. Rouzning aytishicha, xatlarda Cherchill umuman boshqacha tasvirlangan.
Ushbu buyumlar taxminan o`n ming funt deb baholandi.






