AsosiyJamiyat

Shvesiyaning “SSAB” kompaniyasi vakillari “O`zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatida bo`lishdi

'Shvesiyaning “SSAB” kompaniyasi vakillari “O`zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatida bo`lishdi'ning rasmi

Tashrif doirasida mehmonlarga jamiyat faoliyati, bu erda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar, tizim korxonalarida ishlab chiqarilayotgan ilg`or qishloq xo`jaligi texnikalari haqida batafsil ma`lumotlar berildi. O`zaro do`stlik va sheriklik ruhida bo`lib o`tgan bu uchrashuvda hamkorlik masalalari atroflicha tahlil etildi. Bu haqda “O`zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati xabar berdi.

– Kompaniyamiz po`lat ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan bo`lib, dunyoda etakchi o`rinlarni egallaydi, – deydi “SSAB” kompaniyasi menedjeri Nikita Lingis. – Boisi, ushbu mahsulotlar o`zining yuqori sifatliligi va raqobatbardoshliligi bilan jahonning ko`plab mamlakatlarida ma`lum va mashhur. Endigi maqsadimiz – imkoniyatlardan unumli foydalanib, jahon andozalariga mos mahsulotlarimizning eksport hajmini oshirish va tashqi bozordagi o`rnimizni yanada kengaytirishdan iboratdir.

– Ushbu tashrif o`zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga ko`tarishga imkon yaratadi, – deydi “O`zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Muxtor Karimov. – Boisi, Shvesiyaning jahonga mashhur “SSAB” kompaniyasi bilan yo`lga qo`yiladigan ushbu hamkorlik kelgusidagi faoliyatimizda muhim manba bo`lib xizmat qiladi.


    Boshqa yangiliklar