AsosiyJamiyat

BMT vakillari “Olot” chegara bojxona postiga tashrif buyurishdi

'BMT vakillari “Olot” chegara bojxona postiga tashrif buyurishdi'ning rasmi

Bojxona ma`murchiligini yanada takomillashtirishda albatta xalqaro tajribalardan o`rinli va samarali foydalanish natijasida bugun soha taraqqiyotida ko`plab ijobiy natijalarga erishilmoqda.

Xususan, xorijiy davlatlarning bojxona organlari faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida, hamkorlikda turli uchrashuvlar, seminar va treninglar tashkil etilishi bojxonachilar uchun katta tajriba maktabi vazifasini o`tamoqda. Yaqinda ham xuddi shunday uchrashuvlardan biri Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Olot” chegara bojxona postida bo`lib o`tdi.

Unda BMTning O`rta Osiyodagi narkotik va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi hamda Jahon bojxona tashkilotining konteynerlar tashuvi ustidan nazorat dasturi doirasida xalqaro uchrashuv tashkil etildi. Tadbir avvalida so`z olgan Amerika Qo`shma Shtatlari va Yaponiya davlatlarining vakillari xalqaro miqyosda bojxona organlarida qo`llanilayotgan bojxona ko`rigi vositalari bo`yicha ma`lumotlar taqdim etishdi.

Uchrashuvning birinchi qismida bevosita soha faoliyatiga doir fikrlar almashilgan bo`lsa, uning ikkinchi qismida bojxona postida tashkil etilgan “Port nazorati” xonasining ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

Ma`lumot o`rnida aytib o`tish lozimki, kuni kecha “Olot” chegara bojxona postida “Port nazorati” guruhi o`z faoliyatini boshladi.

Ushbu texnikalar bojxona ko`rigi jarayonini yanada engillashtirib, bojxona qoidabuzarliklarini tezda aniqlash imkonini berishi, davlat chegaralari orqali narkotik moddalar aylanmasining oldini olish maqsadida keng qo`llanilishi bilan ahamiyatlidir.

Xulosa o`rnida aytish mumkinki, yurtimizda bojxona organlari ish samaradorligini ko`zlab amalga oshirilayotgan bu kabi islohotlar nafaqat mamlakat iqtisodiy xavfsizligini, shu bilan birgalikda, davlatlar o`rtasidagi o`zaro do`stona munosabatlarni mustahkamlab, tinchligimiz barqarorligini ta`minlashda katta ahamiyat kasb etadi.

    Boshqa yangiliklar