Angliyaning Lester shahrida istiqomat qiluvchi talaba qiz kasallik tufayli sutkada 22 soat uxlashiga to`g`ri keladi, deb xabar bermoqda Metro nashri.
Roda Rodrigez-Diaz (Rhoda Rodriguez-Diaz) kamdan-kam uchraydigan xastalik – Kleyne sindromiga duchor bo`lganini o`zi ham bilmasdi. U o`zini lohas his qilib, uzzukun uxlayverardi. Eng kuchli xuruj uch hafta davom etadi. Qiz faqat ovqatlanish va xojatga chiqish uchun uchungina issiq o`rnini sovitardi.
2018 yili Rodrigez-Diazni kurs ishlarini o`z vaqtida topshirmagani va imtihonlarning yarmiga kelmagani uchun universitetdan haydashadi. Shundan so`ng qiz sentyabr oyida terapevtga uchrashdi. Unga Kleyne tashxisi qo`yiladi.
Endilikda Roda xastalikni asta-sekin engishga harakat qilmoqda.





