O`tkazilgan barcha tadbirlar doirasida “O`zbekistonga sayohat qil!” shiori ostida O`zbekistonning mashhur shaharlari, jumladan, Xiva, Buxoro va Samarqand aks ettirilgan 1000 dan ortiq avtomobillarga yopishtirish uchun mo`ljallangan yorliqlar vatandoshlarimiz shaxsiy avtomashinalariga o`rnatildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish Davlat qo`mitasi rasmiy saytida ma`lum qilingan.
“O`zbek diasporasi tomonidan tashkil etilgan Navro`z bayrami tadbirida ishtirok etganimdan xursandman, unda juda mazali bo`lgan o`zbek taomlari tortiq etildi, tadbir jozibali milliy kuy-qo`shiqlar, an`anaviy sport musobaqalari bilan davom etdi. Barcha ishtirokchilar bahorning boshlanishini nishonlash uchun o`z oila a`zolari qatnashdi” deydi San-Fransisko shahri fuqarosi Patrik Vaytmen.






