AsosiyJamiyat

Harakatlar strategiyasi – iqtisodiy islohotlarni huquqiy ta`minlash omilidir

'Harakatlar strategiyasi – iqtisodiy islohotlarni huquqiy ta`minlash omilidir'ning rasmi

Hozirgi kunda yurtimizda 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasi asosida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar hamda mamlakatimiz iqtisodiyotining tobora rivojlanib borayotganligi tahsinga sazovor. “Harakatlar strategiyasi – iqtisodiy islohotlarni huquqiy ta`minlash omilidir”. Davlat bojxona qo`mitasining Bojxona institutida shu mavzuda ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Bosh Prokuratura Akademiyasi, Davlat bojxona qo`mitasi, Bank-moliya akademiyasi vakillari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda boshqa oliy o`quv yurtlarining professor-o`qituvchilari va tinglovchilari ishtirok etishdi.

Harakatlar strategiyasi asosida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish sohasida mustahkam tashkiliy-huquqiy asos barpo etilib, biznes vakillarini qo`llab - quvvatlash va rag`batlantirish tizimi yanada takomillashdi. Mamlakatda qulay biznes muhitini va xalqaro maydonda O`zbekistonning ijobiy nufuzini shakllantirishga qaratilgan alohida chora -tadbirlar ishlab chiqildi. Bu esa yurtimizda faoliyat yuritayotgan har bir tadbirkor va tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini bunyodkorlik sari ruhlantirishga, islohotlar mohiyatini anglashga, biznes olamining faol, ilg`or fikrli vakiliga aylanishiga muhim turtki bo`ladi. Tadbirda so`z olganlar ushbu jihatlarga alohida to`xtalib o`tishdi.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasi Raisining o`rinbosari M.Saliev so`zga chiqib, Harakatlar strategiyasi doirasida bojxona sohasida amalga oshirilgan islohotlar, tizimda joriy etilayotgan bojxona tarif siyosatini tatbiq etish, bu orqali tashqi bozordagi o`zgarishlarning iqtisodiyotga salbiy ta`sirini kamaytirish, soliq va bojxona imtiyozlarini bosqichma-bosqich bekor qilish, bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish hamda davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlash, bojxona amaliyotiga joriy etilgan xavfni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini yanada takomillashtirishyuzasidan belgilangan vazifalar va ularning ijrosi bo`yicha ma`lumotlar berib o`tdi.

Muxtasar aytganda, mazkur anjumanni o`tkazishdan ko`zlangan asosiy maqsad, Harakatlar strategiyasi bo`yicha mamalakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning huquqiy ta`minlanishi, uning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka etkazish va bu borada ustuvor yo`nalishlarni belgilab olishdir. Qolaversa, tadbirkorlik va ishbilarmonlikni qo`llab - quvvatlashda bojxona tizimi tomonidan yaratilayotgan qulayliklar yuzasidan nazariyotchi va amaliyotchi mutaxassislarning o`zaro fikr va tajriba almashishdan iboratdir.

    Boshqa yangiliklar