Polisiya xodimi Jastin Biberni qimmat krossovkasi uchun hibsga olmoqchi bo`ldi, deb xabar bermoqda Lenta.ru nashri.
Huquq-tartibot xodimining e`tiborini pop-qo`shiqchining oyog`idagi Nike kompaniyasida ishlab chiqarilgan krossovkadagi kulrang plastik yorliq tortgan. Polisiyachi bu dizaynerlik detali do`konning magnit yorlig`i deb o`ylab, qo`shiqchini o`g`irlikda ayblamoqchi bo`lgan.
Jastin poyabzalni o`g`irlamaganligiga polisiyachini arang ishontirgan.






