AsosiyDunyo

Britaniyalik ayol o`z organizmini eshitadi

'Britaniyalik ayol o`z organizmini eshitadi 'ning rasmi

Britaniyalik Pem Roberts kamdan-kam uchraydigan kasallik tufayli o`z organizmini eshitadi, deya xabar qildi Rambler nashri.

Pem vannada sirpanib yiqilib tushadi va boshi qattiq uriladi. Bir necha muddatdan so`ng ayol g`alati tovushlar eshita boshlaydi. Keyin ma`lum bo`lishicha, bu ovozlar o`zining tanasidan eshitilayotgan ekan.

Robertsning chap qulog`i kanalida mayda teshikchalar paydo bo`lgan, bu esa ayolning organizmida neki sodir bo`lsa, barcha tovushlarni eshitishiga sabab bo`lgan.

Pem o`z yuragining urishini, ko`zi aylanishi, kiprik qoqishi, qoninining aylanishini eshitavergan. Bu esa uni alaloqibat tajanglikka olib kelgan.

Hozirda ayolning oilasi uni davolatish uchun mablag` yig`moqda.

    Boshqa yangiliklar