O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning yoshlarga qaratayotgan e`tibori doirasidagi “Rahbardan 10 ta kitob” tashabbusi bugun butun mamlakatimiz bo`ylab keng quloch yozdi.
Xususan,Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov joriy yilning 29 mart kuni Olmaliq shahridagi 80-sonli maktab-internat o`quvchilariga 50 ta eng sara badiiy adabiyotlar, o`quv qo`llanmalari hamda ingliz tilini o`rganuvchilar uchun qator lug`at va adabiyotlar sovg`aqildi.
-Eng durdona o`zbek adabiyotlari hamda o`quv qo`llanmalar, ingliz tilini o`rganish niyatidagi o`g`il-qizlarimiz uchun tuhfa qilingan lug`atlarmaktab-internatimiz kutubxonasini yanada boyitdi. O`quvchilarimizning xursandchiliginiaytmaysiz-mi! Barcha pedagoglar jamoasi, ota-onalar va o`quvchilar nomidan maktab-internatimizga muntazam ravishda ko`maklashib kelayotgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga va shaxsan kitoblar sovg`a qilgan kombinat rahbari Abdulla Xursanovga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz, - deydi 80-maktab-internat direktori A.Mamatqulov.
Darhaqiqat, muhtaram Prezidentimizning “Rahbardan 10ta kitob” tashabbusi qanot qoqayotgan shu kunlarda buyuk donishlar ta`kidlagan ushbu mulohazalarni keltirib o`tishni joiz bildik: “Dunyoni axtarib kitobdan yaxshi do`st, kitobdan yaxshi sovg`a topolmadim!”