AsosiyJamiyat

Muomala madaniyatiga qat`iy amal qilish talabi qo`yildi

'Muomala madaniyatiga qat`iy amal qilish talabi qo`yildi'ning rasmi

Jizzax viloyat ichki ishlar boshqarmasida 27 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan o`tkazilgan videoselektor yig`ilishida belgilangan vazifalar ijrosiga bag`ishlangan yig`ilish bo`lib o`tdi, deb xabar berdi Jizzax viloyati IIB axborot multimedia guruhi.

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O`zbekiston xavfsizligi boshqarmasi Jizzax viloyati bo`limi tomonidan uyushtirilgan tadbirda viloyat yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi, shahar hamda tumanlar yo`l patrul xizmatlari rahbarlari va mas`ul xodimlari ishtirok etdilar.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i, general-mayor G`ayrat Qodirov boshqarib borgan yig`ilish avvalida huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, jamoatchilik bilan hamkorlikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, viloyat yo`l harakati xavfsizligi tizimining bu boradagi faoliyati tahlil etildi.

Tadbirda so`zga chiqqan O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi o`z xavfsizligi boshqarmasi Jizzax viloyati bo`yicha bo`limi rahbari, mayor Jasur Kenjaev sohada kuzatilayotgan ayrim kamchiliklarga to`xtalib o`tdi. Haydovchi va piyodalar bilan muloqot davomida muomala madaniyatiga qat`iy amal qilish, bu jarayonda yuzaga kelgan tushunmovchiliklarni xolisona va qonun asosida hal etish, tirbandliklarga yo`l qo`ymaslik masalalari yig`ilganlar e`tiborida bo`ldi.

Yig`ilishda yo`l-transport hodisalari sonini kamaytirishga erishish, haydovchilar va piyodalarda yo`l harakati madaniyatini shakllantirish, sohada kuzatilayotgan kamchilik va muammolarni bartaraf etish, transport vositalarini texnik ko`rikdan o`tkazishga doir chora-tadbirlar belgilab olindi.

    Boshqa yangiliklar