AsosiyJamiyat

O`zbekiston Qurolli Kuchlari yosh ofiserlarining malakasi oshirildi

'O`zbekiston Qurolli Kuchlari yosh ofiserlarining malakasi oshirildi'ning rasmi

Bugun, 30 mart kuniO`zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi majlislar zalida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o`rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida O`zbekiston Yoshlar ittifoqining Harbiy qismlardagi boshlang`ich tashkiloti etakchilari uchun tashkil etilgan bir oylik malaka oshirish o`quv-kursi bitiruvchilariga sertifikatlar topshirish marosimi bo`lib o`tdi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Unda institut rahbariyati, Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi vakillari, bitiruvchilar ishtirok etdi.

– O`zbekiston Qurolli Kuchlarining barcha tizimlaridan jalb etilgan ofiserlarga bir oy davomida malakali professor-o`qituvchilar tomonidan boshqaruv psixologiyasi va sosiologiyasi, muloqot psixologiyasi, boshqaruvda liderlik va yoshlar psixologiyasi, yoshlarga oid davlat siyosati, inson resurslarini boshqarish va davlatning iqtisodiy siyosati fanlaridan chuqur bilimlar berildi. Bu bilimlar bizning kelgusi faoliyatimizda dasturilamal bo`lishi, shubhasiz, – deydi mayor Akbar Yarmatov.

Bitiruvchilarga sertifikatlarni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o`rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti direktori Aktam Jalilov hamda O`zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisining birinchi o`rinbosari Alisher Sa`dullaev topshirdi. Mudofaa vazirligi ofiserlariga O`zbekiston Mudofaa vazirligi yoshlar ittifoqi boshlang`ich tashkiloti belgisi tantanali taqdim etildi.

    Boshqa yangiliklar