Shu yil 5-10 aprel kunlari Termiz shahrida tashkil etiladigan Xalqaro baxshichilik san`ati festivali YuNESKO shafeligi ostida o`tkaziladi. Festivalga 86 ta xorijiy davlat vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Ayni paytda Toshkent va Termiz shaharida festivalga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bo`yicha ishchi guruhlari faoliyat olib bormoqda.Uning tarkibiga yuksak kasbiy mahoratga ega bo`lgan ssenarist, rejissyor, baletmeysterlar, sahna rassomlari, iste`dodli yosh san`atkorlar jalb etilgan. Bu haqda Xalqaro baxshichilik san`ati festivali oldidan o`tkazilgan matbuot anjumanida qayd etildi.
Ma`lumot o`rnida, Xalqaro baxshichilik san`ati festivali g`oliblari turli darajadagi diplom, haykalcha hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Jumladan, xalqaro tanlovning 1-o`rin sohibi ( har bir yo`nalish bo`yicha) 10 000, 2-o`rin sohibi 7000, 3-o`rin egasi 5000 AQSh dollari miqdorida pul mukofoti bilan rag`batlantiriladi. Bundan tashqari “Eng yosh baxshichilik san`ati ishtirokchisi”, “Muxlislar e`tirofiga sazovor bo`lgan eng yaxshi ishtirokchi”, “Eng yaxshi cholg`u ijrochisi” kabi nominasiyalar bo`yicha ham g`oliblar aniqlanib, ular pul mukofoti va maxsus diplom bilan taqdirlanadi.
Bo`lib o`tgan matbuot anjumanida Xalqaro baxshilik san`ati festivalini OAV yoritish bilan bog`liq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga batafsil ma`lumotlar berildi.