AsosiyJamiyat

​Farg`ona viloyati hokimi Vodilda sayyor qabul o`tkazdi

'​Farg`ona viloyati hokimi Vodilda sayyor qabul o`tkazdi'ning rasmi

Farg`ona tumanining Vodil qishlog`ida viloyat hokimi Shuhrat G`aniev fuqarolarning murojaatlari bo`yicha ommaviy sayyor qabul o`tkazdi. Sayyor qabulda sektor rahbarlari, O`zbekiston Prezidentining Farg`ona viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri hamda tuman hokimlari ishtirok etdi. Sayyor qabul davomida Oltiariq, Qo`shtepa, Yozyovon, Toshloq, Quva, Farg`ona, So`x tumanlari hamda Marg`ilon, Quvasoy, Farg`ona shaharlari fuqarolarining murojaatlari o`rganildi.

300 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etgan qabul davomida ishga joylashish, yo`llarni ta`mirlash, toza ichimlik suvi bilan ta`minlash, elektr simyog`ochlar o`rnatish va eskirgan transformatorlarni almashtirish, imtiyozli kredit olish, suyultirilgan gaz ballonlari ajratilishi, sog`liqni saqlash va nogironlik aravachalari bilan ta`minlash, uy-joy, moddiy yordam, tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash kabi masalalarga oid 200 ga yaqin murojaat qabul qilingan.

Jumladan, Farg`ona tumani, Oqbilol qishlog`ida yashovchi 83 yoshli Foziljon Hilolov ko`zi ojiz umr yo`ldoshi uchun nogironlik aravachasi so`rab murojaat qildi. Shu erning o`zida unga aravacha va moddiy yordam berildi.

Farg`ona shahri, Qirguli mavzesi, Farg`ona ko`chasidagi kvartirada vaqtincha istiqomat qiluvchi Shokirjon Qosimov oilasi uy-joyga muhtojligi uchun yordam so`rab hokim qabuliga kelgan. Quvasoy shahar hokimligi tomonidan mazkur murojaat o`rganilib, Qosimovlar oilasiga 1 xonali uy ajratildi. Uy tez orada zarur anjomlar bilan jihozlab beriladigan bo`ldi.

Farg`ona tumani «Oqtosh» MFY raisi Sodiqjon Mirzaev mahalla yo`lini kapital ta`mirlash hamda O`zbekiston va Qirg`iziston chegaralari o`tgan qabristonni ziyorat qilishdagi qiyinchiliklar masalasini ko`tardi. Har ikki muammo tegishli idoralar tomonidan yaqin kunlarda hal etilishi belgilandi.

Echimi ma`lum vaqt talab etadigan murojaatlar bo`yicha tegishli tashkilotlarga aniq ko`rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Qabul doirasida tuman ko`p tarmoqli markaziy poliklinikasi shifokorlari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko`riklar tashkil qilindi. Bo`sh ish o`rinlari mehnat yarmarkasi, hunarmandchilik mahsulotlari va kitob ko`rgazmalari o`tkazildi.

Bundan tashqari, ushbu ommaviy sayyor qabul Halq sayliga aylanib ketdi, viloyat hokimi tashabbusi bilan 500 ga yakinaholiga osh tarqatildi, mehnat va xunarmandchilik yarmarkalari, sport musobaqalari tashkil etildi. Axolining 7 yoshdan 70 yoshgacha bulgan katlamlariga tugri keladigan kitoblar, turli adabiyotlar sotuviyulga kuyildi. Viloyat Davlat xizmatlari agentligi hamda adliya boshqarmasi hodimlari tomonidan aholiga bepul huquqiy maslahatlar berildi. Bunday tadbirlar fuqarolarning roziligini ta`minlash va aholining davlat idoralariga bo`lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

    Boshqa yangiliklar