Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan “Sirdaryo” chegara bojxona postida boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan xamkorlikdatezkor tadbir o`tkazildi.
Tadbir davomida qo`shni mamlakatdan harakatlanib kelayotgan fuqaro B.B. boshqaruvidagi “Mersedes benz” rusumli avtomashina bojxona nazoratidan o`tkazildi.
Natijada, avtomashinada bojxonachilarning og`zaki so`rovida ma`lum qilinmagan va bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan umumiy qiymati 36 million so`mlik, sig`imi 1 litrlik idishlardagi 36 dona viskilar borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.






