Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida katta miqdordagi dizel yoqilg`isining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi.
Unda “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasi haydovchisining xatti-harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortdi va avtomashina Sarmijon YPX maskanida to`xtatilib, ko`zdan kechirildi. Natijada, fuqaro A.S. boshqaruvida bo`lgan yuk avtomashinasida hech qanday tegishli hujjatlari bo`lmagan, salkam 3780 litr dizel yoqilg`isi borligi o`z tasdig`ini topdi.
Dastlabki hisob kitoblarga ko`ra, noqonuniy tarzda qayta sotish maqsadida olib ketilayotgan ushbu yoqilg`ining umumiy qiymati 19 million so`mni tashkil etdi.
Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






