AsosiyJamiyat

General-mayor Pavel Ergashev shaxsiy kutubxonasidagi kitoblarni maktablardan biriga xadya etdi

'General-mayor Pavel Ergashev shaxsiy kutubxonasidagi kitoblarni maktablardan biriga xadya etdi'ning rasmi

Mudofaa vazirining birinchi o`rinbosari — Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig`i general-mayor Pavel Ergashev o`z shaxsiy kutubxonasidagi kitoblarni poytaxtimizdagi maktabga sovg`a qildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev xayrli tashabbusni ilgari surib, bosh vazirdan boshlab har bir rahbarni maktab kutubxonalariga kitoblar sovg`a qilishga da`vat etgan edi.

Pavel Ergashev Mirzo Ulug`bek nomidagi ixtisoslashtirilgan 171-sonli maktabga o`zining shaxsiy kutubxonasidan o`rin olgan va o`zi uchun sevimli bo`lgan kitoblarni maktab kutubxonasiga hadya etdi.

«Ushbu maktabda qizim tahsil olgan. Bu erdagi pedagoglarning malakasiga shubha qilmayman, barchasi bilimli, saviyali insonlar. Farzandlarimizga bilim berishdan hech qachon charchamaydilar», — dedi mudofaa vaziri birinchi o`rinbosari.

Ushbu tashabbus o`sib kelayotgan yosh avlodning kitobga bo`lgan qiziqishini, mehrini va intilishini oshirish, kitobxonlikni ommaviylashtirish, ulug` bobolarga munosib avlodni voyaga etkazishda muhim hayotiy ahamiyatga ega.


    Boshqa yangiliklar