Vervetki maymunlari Janubiy Afrikadagi kasalxonaga dahshat solmoqda, deya xabar berdi The Daily Mail nashri.
Jonivorlar Durbandagi kasalxonalarning ochiq derazalaridan ichkariga kirib, bemorlarning qarindoshlari olib kelgan meva-cheva, oziq-ovqatlarni paqqos tushiraverishgan. Derazalarni butunlay yopib qo`yish imkoni yo`q, sovutkichlar bir necha palatada bor xolos. Bir palatada 20 tagacha maymunni uchratish mumkin.
Tibbiyot muassasasi rahbariyati maymunlarga qarshi kurash guruhini shakllantirgan bo`lsa-da, hozircha hech qanday chora topilganicha yo`q.






