AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari qishloq xo`jaligi sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

'O`zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari qishloq xo`jaligi sohasida  hamkorlikni kengaytirmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tashrifi yakuni bo`yicha 10 milliard dollardan ziyod miqdordagi hujjatlar to`plami va investisiya bitimlari imzolandi. Bu haqda Qishloq xo`jaligi vazirligi matbuot xizmati ma`lum qildi.

Respublikamiz delegasiyasining tashrifi davomida xususiy tashkilotlar bilan bir qator uchrashuv va muzokaralar bo`lib o`tdi. O`zbekistonda sellyuloza ekinlarini etishtirish va qayta ishlash uchun agrosanoat majmuasini yaratish bo`yicha «Industrial Innovation Group» bilan 182 million evro miqdoridagi kelishuvga erishildi.

O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi va «AIDA» o`rtasida qishloq xo`jaligi ob`ektlarini quvvatlash uchun avtonom quyosh elektr stansiyalarini tashkil etish to`g`risida shartnoma imzolandi. Loyihaning pilot bosqichi doirasida uzoqdan sug`orilmaydigan erlarda avtonom mikroelektrik stansiyalar qurish parametrlarini aniqlash maqsadida kompaniyaning vakillari O`zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Birlashgan Arab Amirliklari atrof-muhit va iqlim o`zgarishi vaziri Tani Al-Ziodi bilan muzokaralar davomida O`zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari o`rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar chog`ida Birlashgan Arab Amirliklari O`zbekistonning meva va sabzavotlarini mintaqa mamlakatlari bozoriga chiqarish markazi sifatida xizmat qilish mumkinligi qayd etildi. O`zbekistonning qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etkazib berishni ko`paytirish maqsadida BAA kompaniyalari O`zbekistonga tashrifi tashkil etiladi.

Xorijiy tomon mutaxassislari O`zbekistonlik hamkasblariga infrastruktura loyihalarida ishtirok etish, shuningdek tajriba va texnologiyalar almashish yo`li bilan yaroqsiz va cho`l erlarni tiklashda yordam berishga tayyorligini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar