AsosiyJamiyat

Rangli metallarni noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

'Rangli metallarni noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi'ning rasmi

Mamlakatimizda olib borilayotgan tushuntirish-targ`ibot ishlariga qaramay, tarkibida rangli metallar bo`lgan mexanizm va agregatlarni talon-toroj qilish bilan bog`liq huquqbuzarlik faktlari, rangli metall parchalari va chiqindilarini yashirincha tayyorlash, ularni mamlakat tashqarisiga noqonuniy olib chiqib ketish hollari uchrab turibdi.

Farg`ona viloyati chegaradosh hududlaridan biri Rishton tumani chegara hududlarida Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari bilan tezkor tadbir o`tkazdi.

Tadbir davomida fuqaro I.A.ga tegishli Neksiya rusumli avtomashina ko`zdan kechirildi. Natijada avtomashinada, yashirin yo`llar orqali olib o`tishga mo`ljallangan 11 dona polietilen qoplarga joylangan, salkam yarim tonna rangli metall parchalari va chiqitlari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo`yildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar