AsosiyDunyo

XXI asr so`ngida Er aholisi 11 milliard nafarga etadi

'XXI asr so`ngida Er aholisi 11 milliard nafarga etadi 'ning rasmi

BMT 2050 yilga borib Er aholisi soni qanchaga etishini ma`lum qildi, deya xabar bermoqda Lenta.ru nashri.

Garchi Er aholisining aksari keksayib borayotgan bo`lsa-da, 2050 yilga borib Erdagi odamlar 9,7 milliardga etadi.

Hozirgi paytda Er yuzi aholisi 7,7 milliardni tashkil etadi. XXI asrning so`ngiga borib esa bu ko`rsatkich 11 milliard bo`ladi. Ushbu ma`lumotlar bilan tashkilotning Bosh kotibi Antonio Guterrish nutq so`zlagan.

2050 yilgacha asosan Afrika, O`rta Osiyo va Janubiy Osiyo mamlakatlari aholisi o`sadi. Lotin Amerikasi, Shimoliy Amerika va Evropa aholisi unchalik o`zgarmaydi.

    Boshqa yangiliklar