Markaziy bank 2019 yil 3 apreldan amalda bo`ladigan oltin va kumush tangalarning yangi narxlarinie`lon qildi.
O`tgan hafta, ya`ni 27 mart kuni belgilangan tangalar narxlariga nisbatan bu gal arzonlashgan. Oltin tanga 200 000 (ikki yuz ming) so`mga, kumush tanga 7 000 (etti ming) so`mga pasaygan.
Unga ko`ra,
1 ta oltin tanga narxi – 13 500 000 so`m;
1 ta kumush tanga narxi – 252 000 so`mni tashkil etdi.

Esdalik tangalarning har birini og`irligi 31,1 grammdan iborat. Metallar probasi 999,9 ga teng.
Eslatib o`tamiz, sotuvga 1994-2009 yillarda zarb etilgan, 2 xil oltin hamda 14 xil kumush esdalik tangalari qo`yilgan. Ularning asillik darajasi 999,9 hamda og`irligi 31,1 grammdan iborat. 2018 yil 28 noyabrdan boshlab esdalik tangalarini tijorat banklarining ayrim filiallarida naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida sotib olish yo`lga qo`yildi.
Esdalik tangalarni sotish narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada belgilanadi.






