AsosiyDunyo

Qaysi davlatlar poytaxtlari nomlari o`zgargan?

'Qaysi davlatlar poytaxtlari nomlari o`zgargan? 'ning rasmi

Yillar davomida turli mamlakatlar o`z poytaxtlarini o`zgartirishgan, deya xabar qildi News.day.az nashri.

Nafaqat poytaxtning o`zi, balki uning nomlari ham vaqt o`tib o`zgartirilgan. Quyida ularning ba`zilari bilan tanishish mumkin:

Bishkek, Qirg`iziston poytaxti. 1878 yili tashkil etilgan. Qadimda Pishlek deb atalgan.

Anqara, Turkiya poytaxti. Avvalboshda Ankira, 1073 yildan esa Engyuryu deyilgan.

Xelsinki, Finlyandiya poytaxti. 1550 yilda tashkil topgan. Bir zamonlar shahar Gelsingfors (Helsingfors) deb nomlangan.

Vilnyus, Litva poytaxti. 1918 yilgacha Vilnya deb yuritilgan.

Ulan-Bator, Mo`g`uliston poytaxti. 1639 yilda Orgoo sifatida tashkil etilgan. 18-asrda Ix-xuree deb atalgan. 1911-1924 yillarda Niyslel-xuree deb nomlanib, 1924 yildan Ulan-Bator deb atalib kelinadi.

Jakarta, Indoneziya poytaxti. Bir vaqtlar bu shahar o`rnida Sunda-Kelapa aholi punkti bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar