Buxoro viloyati bojxonachilari yurtimizga tovar-moddiy boyliklarini noqonuniy olib kirishga bo`lgan urinishga chek qo`yishdi.
Xususan, “Olot” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan xorijiy davlatdan ushbu bojxona postiga kirib kelgan yuk avtomashinasi belgilangan tartibda “Rapiskan M-60” inspeksion ko`rik majmuasida skaner qilinib, tasvirlar o`rganilganda, yukxonadagi yuklarning miqdori hujjatlarda ko`rsatilganidan ko`pligi ma`lum bo`ldi.
Shundan so`ng, ushbu avtomashinani bojxona nazoratidan o`tkazish jarayonida, yuk kuzatuv hujjatlarida ko`rsatilmagan, umumiy qiymati 503,2 million so`mlik tovarlar borligi aniqlandi. Mazkur tovarlarning asosiy qismini avtomobil ehtiyot qismlari tashkil etishi ma`lum bo`ldi.
Hozirda ushbu tovarlar vaqtincha saqlovga olingan bo`lib, holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.






