O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 fevraldagi farmoyishiga asosan, Orolbo`yi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash, shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasi Mo`ynoq tumanida boshlangan tadbirlarni yanada jadallashtirish hamda mazkur tumanni zamonaviy qishloq xo`jaligi texnikasi va uskunalar bilan ta`minlash maqsadida “O`zagrotexsanoatxolding” AJ tarkibiga kiruvchi “Toshkent qishloq xo`jaligi texnikasi zavodi” AJ tomonidan New Holland T6070 rusumli navbatdagi traktorlar karvoni Qoraqalpog`iston respublikasi tomon yo`l oldi.







