AsosiyJamiyat

​Surxonadaryoda prezident vakili muammolarni hal etyaptimi?

'​Surxonadaryoda prezident vakili muammolarni hal etyaptimi?'ning rasmi

Xalqimizda yuz kunlik ibodatdan bir kunlik adolat afzal, degan hikmat bejiz aytilmagan. Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan boshlangan xalq ichiga yurish o`tgan vaqt davomida naqadar dono, xalqning manfaatini, yurtning kelajagini ko`zlab yuritilgan dono siyosati ekanligini isbotladi. Buni kecha O`zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o`rinbosari A. Usmonov tomonidan Surxondaryo viloyatining Angor tumanidagi 9-bolalar musiqa va san`at maktabidao`tkazilgan sayyor qabul misolida ham ko`rish mumkin.

Angor tumanidagi “Sharq guli” mahallasida joylashgan musiqa maktabi hovlisi bir pastda murojaatchilar bilan to`la boshladi. Bu erda Termiz, Angor, Muzrabot tumanlari hamda Termiz shahridan kelgan fuqarolarni Prezident maslahatchisi o`rinbosari A. Usmonov qabul qildi. Sayyor qabul kelgan fuqarolarning yuz-ko`zlaridan Prezidentimizga, hukumatimizga,davlat idoralariga bo`lgan ishonchi shundoq ko`rinib turardi.

Salkam olti soat davom etgan sayyor qabulda viloyat va tumanlardagi barcha sektor rahbarlari tumanlar va shahar hokimligi vakillari, boshqarmalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, jamoat tashkiloti vakillari, OAV xodimlari ishtirok etdi. Qabul davomida 218 nafar fuqarodan 281 ta murojaat kelib tushdi. Eng muhimi, bu murojaatlarning 41,3 foizi shu erning o`zida hal etildi. Masalan, Angor tumanidagi “Navbahor” mahallasi 78-uyda yashovchi 1-guruh nogironi Muborak Qobilovaga nogironligi bo`lgan shaxslarga qurilayotgan uy-joylardanuy ajratish belgilandi.

— Men Prezidentimiz yuborgan vakildan o`la-o`lguncha minnatdorman. Bu mening yagona orzuim edi, — deydi M. Qobilova. — Shuningdek, angorlik Tojiboy Ziyoqulov, Chori Hasanov, Xushboq Yo`ldoshev, Rahmonqul Sayimov, Jang`il Qoraboevalarga eshitish moslamasi topshirildi. Olti nafar fuqaroga tug`ilganlikni qayd etuvchi guvohnoma, ikkita oilaga nikohni qayd etish guvohnomalari keng jamoatchilik oldida tantanali suratda topshirildi. Guvohnoma olganlarning quvonchi va sevinchi olamga sig`masdi.

Muzrabot tumanidan kelgan fuqarolar Xo`jamqul Xudoyorov, Yo`ldosh Bozorov, Sodiq Jumaevlar shaxsiy tomorqalariga suv kelmasligi muammosini aytishgandi. Bu masala tegishli tashkilotga topshirilib, zudlik bilan hal etish ta`kidlandi. Ular ham uylariga sayyor qabuldan katta qoniqish hissi bilan qaytishdi. Qabulga kelgan bunday fuqarolarni ko`plab ko`rish mumkin edi.

Muhtaram Prezidentimizning “Odamlar qonun uchun emas, qonun odamlar uchun ishlashi kerak”, degan shiorlari bugun har jabhada o`zining amaliy isbotini topmoqda. Sayyor qabul so`ngidabarcha murojaatlar qat`iy nazoratga olinib, tegishli tashkilot rahbarlariga adolatli ko`rib chiqish uchun 10 kun muhlat berildi. Bir so`z bilan aytganda, bunday sayyor qabullar xalqning Prezidentimizga, hukumatimizga, ertangi kunga bo`lgan ishonchini yanada mustahkamlash, xalq farovonligi, yurt obodligini ta`minlashda dasturilamal bo`lib xizmat qilishini murojaatlar echimidan ham ko`rish mumkin.

    Boshqa yangiliklar