Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urta qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi…
Qarorga ko`ra, transport egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish bo`yicha onlayn yagona axborot tizimi joriy etiladi. Majburiy sug`urta bo`yicha yangi namunadagi sug`urta polislari amalga kiritiladi. Ilgari berilgan sug`urta polislari esa amal qilish muddati tugaguncha o`z kuchini saqlab qoladi.
Majburiy sug`urta qilish bo`yicha sug`urta puli oshirilib, 40 mln. so`m miqdorda belgilandi. Ya`ni, yo`l-transport hodisasi natijasida etkazilgan zarar uchun to`lanadigan sug`urta tovoni shu summadan oshmaydi. Ilgari bu summa 12 mln. so`mni tashkil qilgan.
Yana bir gap, sug`urta qildirish uchun ishonchnoma yoxud ushbu transportga egalik huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etish bo`yicha talab ham bekor qilindi.
Shuningdek, zarur ma`lumotlar yagona axborot tizimida mavjud bo`lganida sug`urtalovchi hujjatlarni (pasport, transport vositasining texnik pasporti, haydovchilik guvohnomalarini) talab qilmasdan sug`urta qilishi mumkin.
Alohida ramkada:
Mazkur qaror 3 oydan keyin kuchga kiradi.






