Dunyodagi eng tarbiyasiz turistlar ma`lum bo`ldi, deb xabar bermoqda Lenta.ru nashri.
Biletix onlayn servisi ekspertlari eng tarbiyasiz turistlarni ma`lum qildi. Ular rossiyaliklar, xitoyliklar va amerikaliklar bo`lib chiqdi.
Ma`lum bo`lishicha, rossiyaliklar hovuzga yugurib kelib sakrash, plyajga tamaki qoldiqlarini tashlash, xitoyliklar qattiq ovozda gapirish va sekin harakatlanishlari bilan qolganlarning g`ashiga tegar ekan.
Eng xushmuomala turistlar esa yaponlar, nemislar va fransuzlar bo`lib chiqdi.





