Angliyaning Bolton shahrida istiqomat qiladigan 15 yoshli qiz kasallik tufayli sarmast ko`rinadi, deb xabar berdi Daily Mail nashri.
Erin Orlopp (Erin Orlopp) doim boshi aylanar, yurganda chayqalib yurardi. Qolaversa, ko`zi yaxshi ko`rmay, yuzlari shishib, jag`lari va bo`yni og`rirdi.
Tekshirishlardan so`ng qizda Arnold Kiari malformasiyasi – bosh miyaning pastki qismi bosh suyagidagi teshikka tushib, orqa miyani ezib qo`yish patologiyasi aniqlangan.
Operasiyani muvaffaqiyatli o`tib, bosh suyakning pastki qismi olib tashlangan bo`lsa-da, bo`yindagi ikkinchi umurtqa pog`onasi tepaga ko`tarilib, bosh suyakka tiralmoqda. Endilikda ikkinchi operasiya o`tkazilishi kutilmoqda.





