AsosiyJamiyat

​Bojxonachilar “Vukhara investment Forum 2019” da faol ishtirok etishdi

'​Bojxonachilar “Vukhara investment Forum 2019” da  faol ishtirok etishdi'ning rasmi

Buxoro shahrida bo`lib o`tgan “Bukhara investment Forum 2019” da 20 dan ortiq davlatdan 125 ga yaqin investorlar tashrif buyurishdi. Unda asosiy e`tibor, Buxoro viloyatining investision salohiyatini namoyish qilish, to`g`ridan-to`g`ri investisiyalarni jalb qilish orqali samarali loyihalarni amalga oshirishga qaratildi.

Mazkur xalqaro forumda Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi vakillari ham faol ishtirok etishib, ko`plab xorijiy kompaniya vakillari va sarmoyadorlar bilan muloqotda bo`lishdi.

Forum doirasida investorlarni qiziqtirgan mavzular tabiiyki, hukumatimiz tomonidan sarmoyadorlar uchun soliq va bojxona imtiyozlari qay tartibda berilishi va imtiyozlarning davomiyligi bo`ldi.

Xususan, Hindistonning “Metric Ventures” kompaniyasi vakili Sandet Dubeyni yurtimizda 5 yulduzli mehmonxona barpo etish va xorijiy sayyohlarga xizmat ko`rsatish sifatini yaxshilash maqsadida bojxonadan beriladigan imtiyozlar qiziqtirgan bo`lsa, Turkiya elchisi Abdulla Yavuz Turkerni investorlar uchun bojxona sohasida yaratilgan qulayliklar befarq qoldirmadi.

Shu kuni investorlar va mehmonlarning savollariga bojxona xodimlari tomonidan batafsil javob qaytarilib, mamlakatimizda xorijiy sarmoyadorlar uchun taqdim etilayotgan qulayliklar batafsil tushuntirib berildi.

    Boshqa yangiliklar