AsosiyJamiyat

Endi BAA fuqarolari yurtimizga 30 kun vizasiz yashashlari mumkin

'Endi BAA fuqarolari yurtimizga 30 kun vizasiz yashashlari mumkin'ning rasmi

Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun O`zbekiston Respublikasiga kirish rejimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi davlat rahbari Farmoni qabul qilindi.

O`zbekiston hududiga kirgan BAA fuqarolari endi 30 kun muddatga vizasiz rejim belgilandi.

Shuningdek, yurtimizga ish yuzasidan keladigan BAA fuqarolariga bir yillik ko`p martalik vizalar O`zbekistonning chet eldagi muassasalarida 3 ish kunida rasmiylashtiriladi.

Eslatib o`tamiz, bunda O`zbekistondagi taklif qilayotgan yuridik shaxsning Tashqi ishlar vazirligiga murojaat etish talabi bekor qilindi.

    Boshqa yangiliklar