AsosiyJamiyat

Jizzaxda maktab o`quvchilariga kitoblar ulashildi

'Jizzaxda maktab o`quvchilariga kitoblar ulashildi'ning rasmi

Joriy yilning 19 mart kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida bo`lib o`tgan videoselektor yig`ilishida yoshlarga e`tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat va san`at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish masalalari doirasida yoshlarimiz orasida kitobxonlikni targ`ib qilishga ham alohida e`tibor qaratildi.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi va taklifi bilan yurtimizda kitobxonlikka bo`lgan qiziqish yanada oshayotgani o`g`il-qizlarimizning odob-axloqiga, tarbiyasiga sezilarli ijobiy ta`sir ko`rsatishi bor gap, albatta.

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan ezgu tashabbusni qo`llab-quvvatlagan holda Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanidagi 20-sonli maktab o`quvchilariga 50 dan ortiq turli qiziqarli kitoblarni sovg`a qilindi.

Maktab o`quvchilari bilan suhbat jarayonida Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi boshlig`i D.Yusupov kitob o`qishning ijobiy tomonlariga to`xtalib, qalblarni yorituvchi nur va tafakkurni boyituvchi xazina bu kitob ekanligini, ma`naviy komillikka erishish uchun har bir o`quvchi avvalo kitob bilan yaqindan do`st bo`lishi lozimligini ta`kidlab o`tdi.

Aytish mumkinki, ushbu ezgu tashabbus bolalarning kitob o`qishga bo`lgan ishtiyoqi, mehrini yanada oshirish bilan birga yosh kitobxonlar safining kengayishiga va navqiron avlodning ma`naviy dunyoqarashi yanada yuksalishiga xizmat qiladi.

    Boshqa yangiliklar