AsosiyJamiyat

Sug`orish texnologiyalarini joriy etishga 6 million ajratiladi

'Sug`orish texnologiyalarini joriy etishga 6 million ajratiladi'ning rasmi

Qishloq xo`jaligi vazirligi huzurida Bog`dorchilik va issiqxona xo`jaligini rivojlantirish agentligi tashkil etildi hamda uning asosiy vazifalari belgilandi. Buni tasdiqlovchi Prezident qarori qabul qilindi...

Bog`dorchilik va issiqxona xo`jaligini rivojlantirish jamg`armasi tashkil etildi. Jamg`arma mablag`lari — bog`larda va issiqxonalarda irrigasiya tadbirlarini o`tkazish, suv etkazib berish, artezian quduqlari, quduqlar va rezervuarlar barpo etish, suv etkazib berish uchun nasos va quvurlar, suv saqlash uchun sig`imlar xarid qilish uchun sarflanadi.

Tomchilatib va yomg`irlatib sug`orish asosidagi suv tejovchi sug`orish texnologiyalarini joriy qilgan yangi tashkil etiladigan bog`lar va issiqxona xo`jaliklari subsidiya ajratish yo`li bilan qo`llab-quvvatlanadi.

Bunda ajratiladigan subsidiya miqdori quyidagicha belgilandi:

  • bir gektar ekin maydoniga suv tejovchi sug`orish texnologiyalarini joriy etishga 6 million so`mdan oshmaydigan miqdorda;
  • maydoni 35 gektardan ziyod bog`larda suv chiqarish uchun burg`ilangan quduqni, shuningdek suv tortish uchun nasos stansiyasini qurishga 120 million so`mdan oshmaydigan miqdorda.

    Boshqa yangiliklar