AsosiyJamiyat

Soliq qonunchiligidagi yangi islohotlarga bag`ishlangan seminar (fotoreportaj)

'Soliq qonunchiligidagi yangi islohotlarga bag`ishlangan seminar (fotoreportaj)'ning rasmi

Bugun, 4 aprel kuni Aloqa tarixi muzeyida Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Davlat soliq qo`mitasi bilan hamkorlikda Vazirlik tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalar, mobil aloqa operatorlari va Internet provayderlarining buxgalterlari, iqtisodchilari hamda yuristlarini joriy yilda soliq qonunchiligida olib borilayotgan keng miqyosdagi islohotlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida maxsus seminar tashkil etildi.


Seminarda Davlat soliq qo`mitasining ekspertlari mavzuga oid ma`ruzalarni havola qilar ekanlar, 2019 yildan boshlab soliqlar, ajratmalar va soliq ob`ektlari bo`yicha qonunchilikda amalga kiritilgan yangiliklar va o`zgartirishlar, shuningdek, mobil aloqa operatorlari uchun aksiz solig`ini kiritilishi mohiyati xususida ma`lumot berdilar.

Tadbir doirasida yangi soliq hisobotlari,rekvizitlar hamda ularnielektron tarzda topshirish, yangi shakldagi hisob-fakturalarni rasmiylashtirish tartibi, soliq tekshiruvlarida yuzaga kelayotgan munozarali mavzularhamda optimal natijaga erishish yo`llari muhokama etildi.

Seminar qizg`in bahs-munozaralarga boy bo`ldi. Tadbir ishtirokchilari o`z faoliyatlarida duch kelayotgan masalalarning amaliy echimi yuzasidan mutaxassislar bilan yuzma-yuz fikr almashdilar.

    Boshqa yangiliklar