Veterinariya va chorvachilik sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi...
Ushbu Farmon bilan Davlat veterinariya qo`mitasi endi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi etib qayta tashkil etildi. Uning asosiy vazifalari ham belgilab berildi.
Qo`mita veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.
Quyidagilar Qo`mita tarkibiga o`tkazildi:
- Samarqand veterinariya medisinasi instituti va uning akademik liseyi;
- Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti;
- Qorako`lchilik va cho`l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti;
- Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti.






