AsosiyDunyo

Merilin Monroni aslida kim o`ldirgan?

'Merilin Monroni aslida kim o`ldirgan? 'ning rasmi

XX asrning afsonaviy kinoyulduzlaridan biri Merilin Monroning o`limi ko`pchilikni tashvishga solib keladi, deya xabar berdi Russian7.ru nashri.

Rasmiy ravishda Monro o`z joniga qasd qilgan, deb aytiladi. Aslida esa...

2015 yilning aprelida MRB sobiq xodimi 78 yoshli Norman Xojes sensasion xabarni e`lon qiladi.

Uning ma`lumot berishicha, 1959 yildan 1972 yilgacha Norman MRB topshirig`iga ko`ra, 37 ta buyurtma qotilliklarni amalga oshiradi. Ular orasida Merilin Monro ham bor edi. Normanga Monro Kennedilar oilasi va Kuba rahbari Fidel Kastro bilan yaqinligi tufayli strategik ahamiyatga ega axborotga egaligi, ushbu axborotni kommunistlarga “gullab qo`yishi” oqibatida Amerika manfaatlariga putur etkazishini aytishadi.

Xojesning komandiri Jimmi Xeyvors Monroning o`limi qotillik emas, tasodifiy o`lim yoki xudkushlik ko`rinishida bo`lishini uqtiradi. 1962 yil 5 avgustda qotil yarim tunda kinoaktrisaning xobgohiga kirib, uning tanasiga xloralgidrat va nembutal aralashmasini yuboradi.

Ammo bu ma`lumotni chin haqiqat, deb bo`lmaydi. Negaki, buni tasdiqlaydigan hujjatlar va dalillar mavjud emas. Shunday ekan, betakror Merilin Monroning vafoti hamon sirliligicha qolmoqda.

    Boshqa yangiliklar