AsosiyJamiyat

Yashirilgan kumushlari bilan o`tmoqchi bo`lgan shaxsning nayrangi fosh bo`ldi

'Yashirilgan kumushlari bilan o`tmoqchi bo`lgan shaxsning nayrangi fosh bo`ldi'ning rasmi

“Urganch aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan navbatdagi bojxona qonunbuzilishi holatiga o`z vaqtida chek qo`yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Sankt-Peterburg–Urganch” yo`nalishi bilan uchib kelgan fuqaro S.M.ning belgilangan tartibda xolislar ishtirokida bojxona nazoratidan o`tkazildi. Natijada, ushbu shaxs kiyimlari ichiga yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan va bojxona xodimining og`zaki so`rovida ma`lum qilinmagan vazni qariyb 134 grammni tashkil etuvchi kumushdan ishlangan zargarlik buyumlari yashirilgani fosh qilindi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar