AsosiyDunyo

Noto`g`ri ovqatlanish inson salomatligiga tamaki chekishdan ko`ra ko`proq xavf soladi

'Noto`g`ri ovqatlanish inson salomatligiga tamaki chekishdan ko`ra ko`proq xavf soladi'ning rasmi

Noto`g`ri ovqatlanish bilan bog`liq o`lim holatlarining eng yuqori darajasi esa O`zbekistonda ekan.

Vashington unversiteti olimlari tomonidan o`tkazilgan tadqiqot natijalariga ko`ra sayyoramizda 2017 yili aynan noto`g`ri ovqatlanish bilan bog`liq 11 mln o`lim holati qayd etilgan. Dunyoning 195 mamlakatidan 17 yil mobaynida to`plangan ma`lumotlar tahliliga ko`ra, 10 mlnga yaqin o`lim holati noto`g`ri ovqatlanish tufayli kelib chiqqan yurak- qon tomir kasalliklari bilan bog`liq ekan.

"The Lancet" tibbiyot jurnalida chop etilgan tadqiqot mualliflarining ta`kidlashicha, inson salomatligi uchun eng xavfli mahsulot bu tuzdir. Aynan ushbu mahsulot 3 mln nafar insonning erta o`limiga sabab bo`lgan. Tuz bilan bog`liq o`lim holatlarining eng yuqori ko`rsatkichlari esa O`zbekiston, Yaponiya va Xitoyda qayd etilgan.

Noto`g`ri ovqatlanish ortidan kelib chiqqan yurak qon tomir kasalliklari bilan bog`liq o`lim holatlarining eng yuqori ko`rsatkichi Xitoyda qayd etilgan. Shuningdek, tarkibida tuz nihoyatda ko`p bo`lgan o`ziga xos qaylaning ko`p miqdorda iste`mol qilinishi kunchiqar mamlakatda saraton bilan bog`liq o`lim holatlarining yuqori darajada saqlanib qolishiga sabab bo`layotgan ekan.

    Boshqa yangiliklar