Buyuk Britaniyaning eng keksa fuqarosi uzoq umr ko`rish sirini hazil tariqasida “o`limdan qanday qilib bo`lmasin qochish kerak”, deb aytdi, deya ma`lum qildi Daily Mail nashri.
111 yoshini nishonlayotgan Bob Ueyton (Bob Weighton) bir necha operasiyalarni boshdan kechirgan.
Mo`ysafid diqqat markazda bo`lishni yoqtirmas ekan. U yangi odamlar bilan tanishib, odam bo`lishni tushunadiganlar bilan suhbatlashishni afzal ko`rarkan.
Ueyton burungidek o`zi ovqat tayyorlaydi, do`konga ham o`zi chiqib keladi. U ko`proq kishilar bilan dildan suhbatlashishni maslahat beradi.






